«Ushbu uchrashuvda «Real» g‘alaba qozonishiga umid qilaman. «Barselona» yaxshi o‘ynayotgan bo‘lsa-da, menimcha, madridliklar kataloniyaliklarning to‘p yo‘qotishlaridan unumli foydalanib, qarshi hujumlar uyushtirishi mumkin.
Ishonamanki, ular «Barselona»ni bu xatolari uchun jazolaydi», — deya van der Vartning so‘zlarini keltiradi AS nashri.













