"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Asturiya malikasi mukofotiga sazovor bo‘lgan Lionel Messini futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchi deb hisoblashini bildirdi.
"Men uchun Messi tarixdagi eng buyuk futbolchi. Boshqalar boshqa o‘yinchilarni tanlashi mumkin, ammo men uchun faqat u", — dedi Pedri.
Ispaniyalik futbolchi argentinalik yulduz bilan "Barselona"da birga o‘tkazgan davrini ham esladi.
"U bilan birga juda kam vaqt o‘ynadim. Messi bilan yana uzoq yillar bir jamoada to‘p surishni istardim. O‘z ko‘zim bilan ko‘rganlarimga tayanib aytamanki, uning maydonda qiladigan ishlari betakror", — dedi Pedri.













