Angliya futboli afsonasi Alan Shirer APLning 8-turidan o‘rin olgan "Chelsi" — "Tottenxem" uchrashuvi haqida o‘z taxminini bildirdi.
"Chelsi" ancha ishonchli o‘ynay boshladi. Kaysedoning harakatlari meni hayratlantirmoqda. Hozir jamoa ancha muvozanatli ko‘rinishga ega. Men "Chelsi"ning o‘z maydonidagi g‘alabasiga ishonaman", — dedi Shirer.
London derbisi bugun, 24 oktyabr kuni "Stemford Bridj" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













