"Liverpul" "Valensiya"ning 19 yoshli hujumchisi David Otorbini 30 million yevroga sotib olmoqchi. Bu haqda Tribuna Deportiva xabar berdi.
Ingliz klubi futbolchining shartnomasida belgilangan tovon pulini to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Biroq "Valensiya" Otorbining shartnomasini yana 3 yilga uzaytirib, tovon pulini 60 million yevroga oshirishni rejalashtirmoqda.
Yosh hujumchi joriy mavsum La Ligada 8 ta o‘yinda 1 ta gol urgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan, Transfermarkt esa uni 3,5 million yevroga baholamoqda.













