"Chelsi" hujumchisi Jeymi Gittens oktyabr oyida maydonga qaytmaydi. Daily Mail xabar berishicha, 22 yoshli futbolchining safga qaytishi 9–17 noyabr kunlaridagi xalqaro tanaffusdan keyin kutilmoqda.
Angliyalik vinger sentyabr oxirida to‘pig‘idan jarohat olib, "Bornmut" va "Everton"ga qarshi APL o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.
2025 yil yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan kelgan Gittens joriy mavsum Angliya Liga kubogida "Luton" (2:0) va "Lids"ga (6:3) qarshi uchrashuvlarda ishtirok etgan.













