"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real"ga qarshi "el-klasiko" oldidan jamoadagi yo‘qotishlar haqida gapirdi.
"Kunde ertaga o‘ynamaydi. Uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emasmiz. Olmo esa ajoyib formada edi, ammo omadi kelmadi. Uning bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishi achinarli. Bizda Fermin Lopes bor, biroq Danining yo‘qligi seziladi", — dedi Flik.
Kataloniyaliklar safida Andreas Kristensen, Erik Garsiya va Runi Bardgji ham jarohatdan tiklanmoqda.
"Barselona" — "Real" uchrashuvi 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.













