"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real" ham qiziqish bildirgan Rodrining transferi haqida fikr bildirdi.
"Rodrining jamoamizga qo‘shayotgan hissasiga qarashning o‘zi kifoya. Uni sotib olish imkoniyati paydo bo‘lganida, klubdagilarning barchasi bizga yordam berishiga ishongandi.
U "Barselona"ni kuchliroq qiladigan futbolchi va biz bunga allaqachon amin bo‘ldik. Rodrining safimizda ekanidan juda xursandman. U Pedri bilan birgalikda o‘yinimizga juda yuqori saviya olib kirmoqda", — dedi Flik.
Eslatib o‘tamiz, "Real" ham Rodrini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, ammo futbolchi "Barselona"ni tanlagan.
Jamoalar 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da "el-klasiko"da to‘qnash keladi.













