"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Stiv Makmanaman nima uchun "Oltin to‘p"ni "qaymoqranglilar" hujumchisi Kilian Mbappega, "Barselona" vingeri Lamin Yamalga emas, berishini tushuntirdi.
"Men Kilian Mbappeni tanlagan bo‘lardim. U vaziyatni o‘zgartira oladigan va eng muhim o‘yinlarda gol ura oladigan futbolchi. U bosimni yengish uchun yetarlicha tajribaga ega.
Lamin Yamal — juda iqtidorli futbolchi. U yosh bo‘lishiga qaramay, ajoyib natijalar ko‘rsatdi. Ammo hozir ulardan birini tanlashim kerak bo‘lsa, Mbappe uchun ovoz bergan bo‘lardim", — deya Makmanamanning so‘zlarini 365Scores manbasiga tayanib Sport.es nashri keltirmoqda.
2026 yilgi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.













