Uchrashuv «Old Trafford» stadionida o‘tkazilmoqda. Mehmonlar 38-daqiqada Rayanning goli evaziga hisobni ochdi. Unga Jastin Klyuyvert golli uzatma berdi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Bornmut» ustunlikni oshirdi. 42-daqiqada Markus Tavernye mezbonlar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi.
«Manchester Yunayted» yettita uchrashuvdan keyin 7 ochko jamg‘argan holda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. «Bornmut» esa 6 ochko bilan 17-pog‘onadan joy olgan edi.













