"Bavariya" rahbariyati shifoxonada davolanayotgan bosh murabbiy Vensan Kompani bilan futbol mavzusida suhbatlashishni taqiqladi.
Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, klub uchun belgiyalik mutaxassisning sog‘ayishi birinchi o‘rinda turibdi. Shu sabab unga ish bilan bog‘liq stressdan uzoqlashish tavsiya qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kompani 23 oktyabr kuni zaxira jamoa mashg‘uloti paytida hushidan ketib, shifoxonaga yotqizilgan. Bundan avval u virusli infeksiya sabab bir nechta mashg‘ulotni o‘tkazib yuborgan edi.
Ayni paytda "Bavariya" murabbiyning to‘liq sog‘ayishiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.













