«Real» futbolchisi Federiko Valverde «Barselona»ga qarshi bahsda (2:1) dubl qayd etgan Kilian Mbappeni maqtadi.
«Mbappeni tabriklayman. U «Real»ga mendan ancha keyin kelgan bo‘lsa-da, gollar soni bo‘yicha allaqachon o‘zib ketdi. Kilian uchun xursandman.
U juda ko‘p mehnat qiladi va bu natijalarga munosib. Mbappe — haqiqiy yulduz, buyuk futbolchi. Uning gollari jamoamiz uchun juda muhim», — dedi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe «el-klasiko»da «Real» safidagi 100-golini urdi.













