«Barselona» himoyachisi Joau Kanselu «Real»ga qarshi «el-klasiko»dagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz «Real»dan yaxshiroq o‘ynadik va ko‘proq golli vaziyatlar yaratdik. Ammo bu «Real»... Ularga gol urish uchun bir nechta imkoniyatning o‘zi kifoya», — dedi portugaliyalik futbolchi.
Mag‘lubiyatga qaramay, «Barselona» 27 ochko bilan La Ligada peshqadamligini saqlab qoldi. «Atletiko» 2, «Real» esa 3 ochko ortda bormoqda.
Kataloniyaliklar keyingi turda 31 oktyabr kuni «Alaves»ni qabul qiladi.













