Yarim himoyachi Mark Bernal Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Jurnalist ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv to‘liq yakunlangan. 19 yoshli yarim himoyachining yangi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Rasmiy e’lon yaqin bir necha kun ichida berilishi kutilmoqda.
Bernal 2024 yilning yozidan buyon "ko‘k-anorranglilar" safida to‘p surmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirida yakunlanadi. Transfermarkt portali ekspertlari yarim himoyachining bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.













