UFC jangchisi Arman Sarukyan yengil vazn toifasida Aleksandr Volkanovskiga qarshi ehtimoliy chempionlik jangida ishtirok etishga tayyor.
Avvalroq Volkanovski Sarukyan bilan jang qilish ehtimolini istisno etmagandi.
"Ha, nima uchun endi yo‘q? Men u bilan jang qilgan bo‘lardim. Uning yoshi ancha katta. U kuchli raqib, ammo hozir biroz qarib qolgan. Men uchun bu ideal jang", — dedi Sarukyan Helen Yee Sport YouTube kanaliga bergan intervyusida.
24 oktyabr kuni 38 yoshli Volkanovski yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qildi. U rossiyalik Movsar Yevloyevni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.













