Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Mbappe sabab La Liga Xitoy bilan shartnomadan 400 mln yevro yo‘qotishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniyaning La Liga chempionati Xitoyning Migu striming platformasi bilan tuzilgan yirik media va tijorat shartnomasidan ayrilishi mumkin. Bunga Madridning «Real» klubi fransuz hujumchisi Kilian Mbappe atrofidagi vaziyat sabab bo‘lgan. Bu haqda Ispaniyaning Vozpópuli nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya chempionati rahbariyati Migu platformasi bilan 2030 yilgacha amal qiluvchi uzoq muddatli shartnomaga ega. Kelishuv shartlariga binoan, La Liganing Osiyo bozoridagi translyasiyalardan oladigan umumiy daromadi 400 mln yevroni tashkil etishi kerak edi.

Biroq yulduz hujumchining Xitoy media makonida salbiy munosabatga duch kelishi ortidan foydali kelishuv xavf ostida qoldi. Bunga Mbappening yaqindagi hazillaridan biri sabab bo‘lgan.

Kilian Mbappe o‘zining sevimli memi haqida gapirar ekan, unda o‘zi «xitoylik diktator qiyofasida» tasvirlanganini aytgan. Bu orqali u Mao Szedunni nazarda tutgan.

Xitoylik hamkorlar ushbu holatga salbiy munosabat bildirishgan va to‘lovlarni muzlatib qo‘yish yoki shartnomani butunlay bekor qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqishmoqda.

Agar kelishuv bekor qilinsa, bu Ispaniya chempionati rahbariyati uchun katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:36, 27.10.2026.
O'qildi: 2253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик