«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganidan keyin klub bazasida unga kichik syurpriz uyushtirildi.
Germaniya Kubogi uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan so‘nggi mashg‘ulotdan avval Keyn va taqdirlash marosimidan qaytgan boshqa futbolchilarni jamoadoshlari, klub vakillari hamda «Bavariya» xodimlari uzoq davom etgan qarsaklar bilan kutib olishdi.
Mashg‘ulot maydoniga olib boradigan yo‘lda klub xodimlari faxriy yo‘lak hosil qilishdi. Keyn esa ularning qarsaklari va «Harri! Harri!» degan hayqiriqlari ostida ushbu yo‘lakdan o‘tdi.
Shuningdek, Deotshankyul Upamekanoning 28 yoshga to‘lishi munosabati bilan ham kutilmaganda tabrik qo‘shig‘i ijro etildi.
Keyn 28 oktyabr, chorshanba kuni «Magdeburg»ga qarshi Germaniya Kubogi uchrashuvida, shuningdek, 31 oktyabr, shanba kuni Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi Bundesliga bahsida muxlislar qarshisida ham taqdirlanadi.













