"Lasio" Italiya chempionatining 9-turi doirasida mehmonda "Sassuolo" ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 6:2.
Mehmonlar safida Kennet Teylor, Gustav Isaksen, Romano Floriani, Mattia Dzakkani va Teyyanni Noslin (ikki marta) gol urishdi. Dzakkani va Davide Frattezi penaltidan foydalana olishmadi.
Floriani "Lasio" safida Italiya A Seriyasidagi ilk golini urdi. U bu golni o‘zining katta bobosi Benito Mussolini "Rimga yurish"ni tashkil etib, hokimiyat tepasiga kelganidan roppa-rosa 104 yil o‘tib kiritdi.
Mezbonlar safida Kristian Torstvedt va Sebastyano Espozito gol muallifi bo‘lishdi. Torstvedt 31-daqiqada maydondan chetlatilganidan keyin jamoa o‘yinni bir kishi kam bo‘lib davom ettirdi.
"Lasio" 25 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Sassuolo" esa 8 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.













