"Arsenal" yana Angliya Liga kubogini qo‘lga kirita olmaydi.
Mikel Arteta jamoasi 1/8 final bosqichida "Flitvud Taun"ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi (1:1, penaltilarda 3:5) va navbatdagi musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Londonliklar ushbu turnirda so‘nggi marta 1993 yilda g‘olib bo‘lishgan. Shundan beri ular yana to‘rt marta finalga chiqishgan, ammo "Chelsi", "Birmingem" va ikki marta "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘lishgan. "Manchester Siti"ga qarshi mag‘lubiyatlardan biri o‘tgan mavsumda qayd etilgan.













