"Arsenal" joriy mavsumda endi kvadrupl qayd eta olmaydi.
Mikel Arteta jamoasi bugun Angliya Liga kubogining 1/8 final bosqichida musobaqani tark etdi. Londonliklar Angliyaning to‘rtinchi divizionida ishtirok etuvchi "Flitvud Taun"ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi.
Shu tariqa, endi londonliklar faqat trebl — Angliya Premyer-ligasi, Chempionlar ligasi va Angliya kubogida g‘olib chiqish uchun kurash olib borishlari mumkin.













