Madridning "Atletiko" klubi markaziy himoyachisi Kristian Romero "Barselona"ning sobiq yulduzlari unga ilhom bag‘ishlaganini tan oldi.
Argentinalik futbolchi o‘tgan o‘n yillikda kataloniyaliklar himoyasining markazida birga to‘p surgan Xerard Pike va Karles Puyolni alohida tilga oldi.
"Bolaligimda qanday futbolchi bo‘lishni istardim? Men Leo Messi tufayli "Barselona"ning o‘yinlarini tomosha qilardim. Shuning uchun men o‘rnak olgan himoyachilar Pike va Puyol edi", — deya 28 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi All About Argentina nashri.
Kristian Romero joriy yilning avgust oyida "Tottenxem"dan "Atletiko"ga o‘tgan. Jahon chempioni madridliklar safida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobida bitta gol qayd etgan.













