«Men bu stadionda ilk bor A Seriyada gol urganman. Bugun kechqurun ham aynan o‘sha darvozaga to‘p kiritdim. Bu qanday hissiyot? Bu ajoyib yo‘l bo‘ldi.
Yildan-yilga o‘sib bordim va shu darajaga yetganimdan xursandman. Mavsumni qanday boshlaganimizdan juda mamnunmiz.
Goldan keyingi nishonlashim esa amakimga bag‘ishlandi. Hozir u qiyin davrni boshdan kechirmoqda, ammo buni yengib o‘tishiga ishonaman», — deya Dzakkanining so‘zlarini keltirmoqda Cittaceleste.it nashri.













