Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

"Chelsi" 50 million yevroga baholanayotgan APL futbolchisiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi "Brayton" yarim himoyachisi Yasin Ayarini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli shvesiyalik futbolchining "Brayton" bilan yangi shartnoma borasida olib borayotgan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. "Chelsi" esa ushbu vaziyatdan foydalanib, Ayarini o‘z tarkibiga jalb etishni rejalashtirmoqda.

Biroq londonliklar futbolchiga qiziqish bildirayotgan yagona klub emas. "Milan", "Galatasaroy", "Fenerbaxche" hamda Angliya Premyer-ligasining yana bir nechta jamoasi ham Ayarining holatini diqqat bilan kuzatmoqda.

Shu bilan birga, "Brayton" o‘z yarim himoyachisini qo‘yib yuborish niyatida emas va u bilan hamkorlikni davom ettirishni istamoqda. Klub shvesiyalik futbolchining transfer qiymatini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.

Yasin Ayari joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 12:48, 28.10.2026.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик