Londonning "Chelsi" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachichni qaytadan o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda insayder Vlad Polivoda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, londonliklar jamoa tarkibidagi ayrim futbolchilarning ketishi va jarohatlar sabab markaziy yarim himoyada muammolar yuzaga kelishidan xavotirda. Shu bois klub rahbariyati ushbu pozisiyani kuchaytirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Asosiy nomzodlardan biri sifatida ilgari "Chelsi" sharafini himoya qilgan 32 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich ko‘rilmoqda. Futbolchining London klubidagi tajribasi uning qaytishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kovachich joriy mavsumda "Manchester Siti" safida barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali xorvatiyalik futbolchining transfer qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.













