Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya liga kubogida "Flitvud Taun"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan Maks Douman bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
16 yoshli vinger musobaqaning to‘rtinchi bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan bahsning 85-daqiqasida Douman qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatildi. Penaltilar seriyasida esa "Arsenal" 5:3 hisobida ustun keldi.
O‘yindan keyin Artetadan yosh futbolchi maydonni tark etayotgan vaqtda unga nimalar degani so‘raldi.
"Doumanga nima dedim? O‘yindan oldin biz gaplashgan holat yuz berdi", — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi Arsenal Radar.
Maks Douman joriy mavsumda "Arsenal" safida barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Londonliklar navbatdagi uchrashuvini 1 noyabr kuni "Liverpul"ga qarshi o‘tkazadi.













