"Barselona"ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri Madridning "Real" klubi "el-klasiko"da 2:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvdagi o‘yinini yuqori baholadi va alohida ravishda Jud Bellingemning harakatlarini e’tirof etdi.
"Bu yil birinchi marta "Real"ni shunday yuqori saviyada ko‘rdim. Jamoa ixcham harakat qildi, raqibga juda kam golli vaziyatlar yaratish imkonini berdi, o‘yinda juda noqulay raqib bo‘ldi va qarshi hujumlarda jiddiy xavf tug‘dirdi", — dedi Anri Betway Insider nashriga bergan intervyusida.
"Kilian Mbappe ikki gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi, ammo Bellingem... Vau! Uning o‘yini menga Angliya terma jamoasining Meksikadagi uchrashuvini eslatdi. U raqib bosimi ostida to‘pni saqlab qoldi, raqiblarni aldab o‘tdi, jarima zarbalari ishlab oldi, pas berish uchun to‘g‘ri variantlarni topdi yoki to‘p bilan oldinga o‘zi harakatlandi. Uning oldida bosh egaman — maydonda ko‘rsatgan o‘yini shunchaki aqlbovar qilmas darajada edi".
Joriy mavsumda Bellingem La Ligadagi 10 ta uchrashuvda 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.













