Turinning "Yuventus" va Madridning "Real" klublarida o‘ynagan sobiq himoyachi Danilo Luis ehtimol, bir yildan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manba tushuntirishicha, hozirda Danilo "Flamengo" bilan bir yillik yangi shartnoma imzolamoqda.
"Ushbu mavsum futbolchi sifatidagi uning so‘nggi mavsumi bo‘lishi kutilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Romano.
Danilo 35 yoshda. U "Amerika Mineyro" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik "Santos", "Portu", "Real", "Manchester Siti" va "Yuventus" jamoalarida to‘p surgan. O‘tgan yili "Flamengo" futbolchisiga aylangan.
Danilo 2011 yildan buyon vaqti-vaqti bilan Braziliya terma jamoasiga chaqirib kelinmoqda.













