"Manchester Siti" Angliya Liga kubogi 1/8 final uchrashuvida "Brayton"ni mag‘lub etdi — 2:2 (penaltilar seriyasida — 4:3). O‘yin Manchester shahridagi "Etixad" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar yarim himoyachisi Malik Junior Yalkuye 30-daqiqada hisobni ochdi. Tanaffus arafasida mezbonlar muvozanatni tiklashdi — Mateo Kovachich gol urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida "Brayton" yana oldinga chiqdi: Jorjinyo Ryutter raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 72-daqiqada Vitor Reysning goli "Siti"ga hisobni tenglashtirish imkonini berdi.
Penaltilar seriyasida "Siti" futbolchilari aniqroq harakat qilishdi — 4:3. Mezbonlar safida Kovachich o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi, "Brayton" futbolchilari Yasin Ayyari va Lyuis Dank esa penaltini golga aylantira olishmadi.
"Manchester Siti"ning keyingi raqibi qur’a tashlash marosimidan so‘ng aniqlanadi.













