Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldu tarixdagi eng buyuk "Oltin to‘p" sohibi deb e’tirof etilganiga munosabat bildirdi.
Portugaliyalik futbolchining 2008 yildagi faoliyati namuna sifatida olingan bo‘lib, u mukofot tashkilotchilari tomonidan rasmiy saytda o‘tkazilgan ovoz berishda g‘olib chiqdi.
"2008 yildan buyon va abadiy. Eng buyuk "Oltin to‘p" sohibi — portugaliyalik.
Tabriklaymiz, kapitan!" — deyiladi milliy terma jamoaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan xabarda.













