«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya Liga kubogi doirasida «Brayton»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng ayrim shogirdlarining harakatlarini yuqori baholadi.
Mutaxassis, ayniqsa, Mark Gexi, Rayan Sherki, Fil Foden va boshqa bir qator futbolchilarning maydondagi o‘yinidan mamnun qolganini ta’kidladi.
«O‘ylashimcha, avvalgi ikkita murakkab uchrashuvdan keyin Gexi bu safar juda yaxshi harakat qildi. Sherki, Foden, Kovachich, Reys, Lyuis va O’Rayli ham o‘zlarini ijobiy tomondan ko‘rsatishdi.
Ularning ayrimlari yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emas. Biroq eng muhimi, jamoa ularning yordamiga muhtoj bo‘lgan paytda barchasi maydonga tushishga tayyor ekanini ko‘rsatdi», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Report.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Liga kubogining 1/8 finalida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa «shaharliklar» 4:3 hisobida ustun kelib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.













