«Napoli» «Udineze»ning markaziy himoyachisi Umar Solega yana qiziqish bildirmoqda.
Football Italia ma’lumotiga ko‘ra, neapolliklar 26 yoshli fransuzni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda, biroq yanvarda transfer amalga oshishi ehtimoli past.
Avvalgi transfer oynasida «Udineze» talab qilgan yuqori narx sabab muzokaralar natija bermagan. Xuddi shu sabab bilan «Inter» ham Soledan voz kechib, Jon Stounsni xarid qilgan edi.
«Napoli» qishda asosan yarim himoyachi va hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Himoya chizig‘ini kuchaytirish esa yozga qoldirilishi mumkin.
20 million yevroga baholanayotgan Sole ayni paytda oyog‘idan olgan jarohatidan tiklanmoqda.













