«Milan»ning 20 yoshli yarim himoyachisi Alfadjo Sisse so‘nggi to‘rtta uchrashuvda beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Italiyalik futbolchi A Seriyaning 9-turida «Bolonya»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. U 14 va 27-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Avvalroq, 15 oktyabr kuni Sisse Yevropa ligasida «Zalsburg»ga qarshi o‘yinda xet-trikka erishgan edi.
Shu tariqa, yosh futbolchi joriy mavsumda «Milan» safida o‘tkazgan 10 ta uchrashuvida 7 ta gol muallifiga aylandi.













