«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan xabariga izoh berdi.
33 yoshli futbolchi sovrinni olgach, «Jimgina qattiq mehnat qil. Muvaffaqiyating sening o‘rningga gapirsin», — deb yozgan edi.
Ayrimlar bu so‘zlar Kilian Mbappe va Lamin Yamalga qaratilganini taxmin qildi. Biroq Keyn buni rad etdi.
«Yo‘q, mutlaqo bunday emas. Bu ibora butun faoliyatim davomida menga yoqqan. U mening mehnatga, intizomga va fidoyilikka bo‘lgan munosabatimni ifodalaydi.
Ko‘p marta yolg‘iz mashg‘ulot o‘tkazishimga to‘g‘ri kelgan. Bu so‘zlar ko‘plab yoshlarga motivasiya berishi mumkin, deb o‘ylayman», — dedi Keyn.













