«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa yarim himoyachisi Vitinyaning «Oltin to‘p» uchun ovoz berish natijalarida 14-o‘rinni egallaganidan norozi ekanini bildirdi.
«Biz uni yaxshi bilamiz, shuning uchun hech narsadan hayratlanmaymiz. Bunday texnik va jismoniy sifatlarga ega futbolchi bilan ishlash haqiqiy zavq.
Uning saviyasi aqlbovar qilmas darajada. Jamoamizda shunday futbolchi borligidan juda xursandman. Ammo u «Oltin to‘p» ovoz berishi yakunida o‘zi loyiq bo‘lganidan pastroq o‘rinni egalladi», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
26 oktyabr kuni Londonda o‘tkazilgan taqdirlash marosimida Vitinya 14-o‘rinni egalladi.
2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini esa «Bavariya» hujumchisi Garri Keynga nasib etdi.













