«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoada futbolchilarning jarohat olishi bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
«Biz vaziyatni imkon qadar nazorat qilishga harakat qilyapmiz. Jarohatlar doimo ishimizning muhim qismi bo‘lib kelgan. Ayrim futbolchilar boshqalarga nisbatan ko‘proq jarohat oladi va buni nazorat qilish qiyin.
Jarohatlar sonini kamaytirish uchun mashg‘ulotlardagi yuklamani to‘g‘ri taqsimlashga intilamiz. Biroq jarohatlar yuqori saviyadagi futbolning ajralmas qismi», — dedi Enrike.
Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni «Barselona»ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida (4:2) Usman Dembele va Xvicha Kvarasxeliya jarohat olgan edi.
Dembelening soni shikastlangan, Kvarasxeliya esa o‘ng tizzasining xochsimon bog‘lamini uzib olgan.













