"Saragosa" yarim himoyachisi Ander Errera Kilian Mbappening "Real"dagi faoliyati haqida fikr bildirib, madridliklar tarkibidagi asosiy kamchilikni ham ko‘rsatdi.
"Mbappe "Real" safida ko‘plab gollar urmoqda, ammo hozircha birorta ham sovrin qo‘lga kiritmadi. Axir uni aynan qo‘lga kiritgan sovrinlariga qarab baholashadi.
"Real"da hamma narsa bor, faqat Rodri yetishmaydi", — dedi Errera.













