Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach "Bavariya" hujumchisi Garri Keynning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga munosabat bildirdi.
"Keyn haqida ortiqcha gapirishga hojat yo‘q. Uning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgani hammasini ko‘rsatib turibdi.
U bu sovrinni sotib olmagan va unga shunchaki taqdim etishmagan. Keyn Germaniyaga kelganidan buyon juda ko‘p mehnat qildi.
U Angliyada ham yuqori saviyali futbolchi edi. Ammo bu yoshda yanada o‘sishga erishish — hayratlanarli natija. Bu uning qanchalik kuchli va mahoratli ekanini ko‘rsatadi.
Keynni yakkama-yakka harakat qilib to‘xtata olmaymiz. Doim ta’kidlaganimdek, unga qarshi jamoaviy harakat qilishimiz kerak", — dedi Kovach.
"Bavariya" va "Borussiya" 31 oktyabr kuni Bundesliganing 8-turida o‘zaro to‘qnash keladi.
Ayni paytda har ikki jamoa hisobida 17 ochkodan bor. "Bavariya" to‘plar nisbati bo‘yicha ustunlikka ega (+19 ga qarshi +8) va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













