"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Ander Errera "Manchester Siti"ning moliyaviy qoidalar bilan bog‘liq mojarosiga munosabat bildirdi.
Xabarlarga ko‘ra, "shaharliklar" APLning moliyaviy talablarini jiddiy buzgan deb topilgan. Klubga nisbatan hatto elita divizionidan chetlatishgacha bo‘lgan sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.
"Qoidalarga rioya qilish shart. Sodir bo‘lgan voqealar normal holat emasdi va buni hammamiz tushunardik. Ular shunday mablag‘ sarflashardiki...
"Manchester Siti" futbolchilari va murabbiyi haqida yomon gap ayta olmayman. Ammo boshqalarga ham saboq bo‘lishi uchun jazo qattiq bo‘lishi kerak", — deya Erreraning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Ayni paytda Enso Mareska boshqarayotgan "Manchester Siti" APLda 8 turdan keyin 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













