Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Javohir Sindarov "Clutch Chess" turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov AQSHning Sent-Luis shahrida tashkil etilgan "Clutch Chess: Champions Showdown" xalqaro turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Uch kun davom etgan musobaqada hamyurtimiz 20,5 ochko jamg‘arib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha 19 ochko bilan ikkinchi, amerikalik Fabiano Karuana 16,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Hikaru Nakamura esa 12 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

Sindarov chempionlik uchun 125 ming dollar asosiy mukofotga sazovor bo‘ldi. Partiyalardagi g‘alabalar va qo‘shimcha bonuslar bilan birga uning umumiy yutug‘i 168 ming dollarga yetdi.

Mazkur musobaqa Javohir Sindarov uchun jahon chempionligi bahsi oldidan so‘nggi rasmiy turnir bo‘ldi.

Endi u amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaraju Gukeshga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘radi. Jahon shaxmat toji uchun uchrashuv 24 noyabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:20, 30.10.2026.
O'qildi: 1321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик