"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Rikkardo Kalafyori va Deklan Rays "Everton"ga qarshi o‘yinda (2:0) olgan yengil jarohatlaridan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytganini tasdiqladi. Har ikki futbolchi ham Angliya Liga kubogida "Flitvud Taun"dan uchralgan yirik mag‘lubiyatda ishtirok etmagan edi.
"Ularning barchasi bugun mashg‘ulot o‘tkazishdi. Ertaga yana bir mashg‘ulot bo‘ladi. Agar hammasi joyida bo‘lsa, ular o‘yinda ishtirok etishga tayyor bo‘lishadi", — dedi Arteta.













