"Oltin to‘p"ning sakkiz karra sohibi Lionel Messi yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan "Kopa Trofey" mukofoti uchun ovoz berishda ishtirok etdi.
Actu Foot ma’lumotiga ko‘ra, 39 yoshli argentinalik birinchi o‘ringa "Barselona" vingeri Lamin Yamalni qo‘ygan. Ikkinchi o‘rinni Pau Kubarsi, uchinchi pog‘onani esa "Bayer" yarim himoyachisi Ibrohim Maza egallagan.
Yamal yakunda uchinchi marta ketma-ket yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Messining o‘zi esa 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda beshinchi o‘rinni egalladi. Lamin Yamal uchinchi bo‘ldi.













