«Yuventus» rahbariyati bosh murabbiy Luchano Spallettini almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Insayder Rudi Galetti ma’lumotiga ko‘ra, turinliklar «Bavariya» va Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yulian Nagelsmann bilan aloqaga chiqqan.
Nemis mutaxassis Spallettining o‘rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
«Yuventus» joriy mavsumda A Seriyaning 9 ta o‘yinida 14 ochko to‘plab, turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
Turinliklar navbatdagi uchrashuvini «Napoli»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 2 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.













