Bugun, 31 oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qiladi.
Uchrashuv oldidan har ikki jamoaning boshlang‘ich tarkiblari e’lon qilindi. Quvonarlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «shaharliklar»ning asosiy tarkibidan joy oldi.
Husanov himoya chizig‘ida Ruben Diash, Yoshko Gvardiol va Mateus Nunesh bilan birga harakat qiladi. Hujumda esa Erling Holand, Jeremi Doku va Ndiayega ishonch bildirilgan.
APL. 9-tur
31 oktyabr, shanba
20:00. «Manchester Siti» – «Brayton»
Stadion: «Etihad», Manchester.
«Manchester Siti»ning asosiy tarkibi: Donnarumma, Nunesh, Husanov, Diash, Gvardiol, Buaddi, Anderson, Fernandes, Ndiaye, Doku, Holand.
Zaxira: Ruli, Gexi, Kovachich, Sherki, Reys, O'Rayli, Allan, Foden, Lyuis.
«Brayton»ning asosiy tarkibi: Verbryuggen, Dank, Gross, Chema, Kostulas, Kostinya, Boskali, Gomes, Ayari, De Kyoyper, Vushkovich.
Zaxira: Stil, Hadjam, Hinshelvud, Jorjinyo, Minte, Viffer, Suvoboda, O'Rayli, Yalkuye.
Bosh hakam: Kreyg Pouson.













