Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Sergey Lushan: «Kelasi yil Superligada 9ta jamoa bo‘ladi deyishsa hayron qolmayman»

Baho:
+ | -

Superliga 26-turdan o‘rin olgan "Mash’al" – "Dinamo" uchrashuvidan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Doimgidek natija adolatli. Raqib bizga nisbatan yaxshi o‘ynadi. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, lekin gol ura olmadik. Sen urmasang, senga urishadi.

— Humoyun Murtazoyev bugun ko‘rinmadi va uni jamoadan ketdi deb eshitdik.
— Doim ham mish-mishlarga ishonmang. Murtazoyev jarohat olgan, u hech qayerga ketgani yo‘q. U kecha o‘zini yaxshi his qilib U-21 jamoamizda 20 daqiqa o‘ynadi.

— "Mash’al" kelasi yilni Proligada o‘tkazadi va rejalar ham shunga ko‘ra o‘zgaradimi?
— Men kelasi yil "Mash’al" bo‘ladimi-yo‘qmi bilmayman. 7-8 oydan beri maosh bermayotgan klub balki 90 foizga yopilib ketishiyam mumkin. Pulimiz yo‘q, homiyimiz yo‘q. Nima bo‘lishini bilmayman. Bilishimcha, hukumat yordami Proliga jamoalariga taalluqli emas, shu bois bir narsa deyish qiyin.

Deyarli har o‘yindan keyin bitta gapni qaytaryapmiz. Nafaqat bizda, Superliganing ko‘p klublarida moliyaviy qiyinchilik bor. Kelasi yil Superligada 9ta klub qatnashadi deyishsa hayron qolmayman. Kimda bosh homiy bo‘lsa yashab ketyapti, homiysi yo‘qlar qiynalib yuribdi. O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz, bu sport tamoyillariga to‘g‘ri keladimi?

Kimdadir pul bor, kimdadir umuman yo‘q. Hozirgi taqsimotni kim o‘ylab topgan bilmayman. Bu nonsens. Sizga aytsam, dunyoning hech bir mamlakatida davlat ko‘magisiz futbol rivojlanmaydi. Balki qaysidir xususiy klubga milliarder o‘z yonidan pul ishlatishi mumkin. Bunday klub mamlakatda 1-2ta bo‘lishi mumkin. O‘z paytidagi "Bunyodkor"ni eslang. Klub homiysi futbolning ashaddiy ishqibozi edi. U ishlagan davrda futbol rivojlandi. Keyin nima bo‘lganini bilasiz.

Yaqinda "Paxtakor"ga hokimiyat 5 milliard so‘m yordam qilganini yozishdi. G‘alati emasmi? Klublarning o‘z homiysi bo‘lishi kerak. U-15 terma jamoamiz FIFA turnirida qaysi o‘rinni egalladi? 42-o‘rinmi? Ha, ular bizning kelajagimiz, lekin familiya bo‘yicha kimdir kimnidir taniydimi? Nari borsa bir-ikki futbolchi tanishdir.

Yaqinda bir gapni eshitib qoldim: nima emish terma jamoa chempionatdan alohida emish. Terma jamoaga o‘yinchilar qayerdan keladi? Agar chempionat bo‘lmasa, terma jamoada kimlar o‘ynaydi? Xorijdan o‘yinchi chaqiramizmi? Biz har kuni turli mavzularda gaplashamiz, lekin nimalar bo‘layotganini hamma ko‘rib bilib turibdi. Baribir qandaydir o‘zgarish bo‘lishi kerak. Hamma o‘zgarish ro‘y berishini kutyapti.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:54, 31.10.2026.
O'qildi: 1293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик