Bugun, 31 oktyabr kuni Germaniya Bundesligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 8-turidan o‘rin olgan «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Bahs Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuvni Gamburgdan bo‘lgan bosh hakam Tobias Shtiler boshqarib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
Bundesliga, 8-tur
«Bavariya» — «Borussiya Dortmund»
«Bavariya»: Urbig, Laymer, Upamekano, Kim Min Je, Devis, Kimmix, Pavlovich, Gnabri, Saybari, Olise, Keyn.
«Borussiya» D: Kobel, Anton, Shlotterbek, Gadu, Svensson, Verman, Nmecha, Chukvuemeka, Job Bellingem, Bayer, Jirassi.
Germaniya chempionati turnir jadvalida «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublari birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi. Har ikki jamoa dastlabki yettita turdan so‘ng 17 ochkodan jamg‘argan.













