«Ayaks» hujumchisi Toluvalase Arokodare jamoadoshi Mark-Andre ter Shtegenning mashg‘ulotlardagi mahorati haqida hazilomuz fikr bildirdi.
«Ter Shtegen mashg‘ulotlarda meni aqldan ozdiradi. Uning ketma-ket seyvlarini tomosha qilish ba’zan juda asabga tegadi. Shunday paytlarda uni urib yuborgim keladi!» — dedi Arokodare Het Laatste Nieuws nashriga.
Eslatib o‘tamiz, ter Shtegen o‘tgan yozda «Barselona»dan «Ayaks»ga ijara asosida o‘tgan.
Nemis darvozaboni Niderlandiya klubi safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 3 marta darvozasi daxlsizligini saqlagan va 19 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Uning «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.













