«Barselona» vingeri Lamin Yamal joriy mavsumdagi golli harakatlari sonini 27 taga yetkazdi.
19 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liganing 11-turida «Alaves»ga qarshi uchrashuvda avvaliga Fermin Lopesga golli uzatma berdi, birinchi bo‘lim oxirida esa o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Yamal joriy mavsumda «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi safida o‘tkazgan 17 ta uchrashuvda 15 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.













