«Real» himoyachisi Eder Militaoning uyi o‘g‘rilar tomonidan talon-toroj qilindi. Yetkazilgan zarar 350 ming yevroga baholanmoqda.
Hodisa o‘tgan yakshanba kuni «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi «el-klasiko» (2:1) vaqtida sodir bo‘lgan.
Jinoyatchilar Madridning nufuzli La Moralexa hududidagi uyga uchinchi qavatdagi hammom derazasidan kirgan. O‘sha paytda Militaoning bir necha qarindoshi birinchi qavatda futbol tomosha qilayotgan bo‘lgan.
O‘g‘rilar 53 ming yevrolik Rolex, 170 ming yevrolik Richard Mille soatlari, Chanel sumkalari, Cartier taqinchoqlari va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib ketgan.
Uydagi signalizasiya ishlamayotgan bo‘lgan, jinoyatchilar esa kuzatuv kamerasini uzib tashlagan. Polisiya mavjud videyozuvlarni o‘rganmoqda.
Ayrim buyumlar Militao uchun katta ma’naviy ahamiyatga ega. Futbolchi ularni qaytarish maqsadida OPS2 Servicios xavfsizlik kompaniyasi rahbari Roxelio Gomesni yollagan.













