«Barselona» La Liganing 11-turida «Alaves»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
Kataloniyaliklar 8-daqiqada Rafinyaning goli bilan hisobni ochdi. 23-daqiqada Fermin Lopes ustunlikni oshirdi.
41-daqiqada Rafinya ikkinchi golini kiritib, dubl qayd etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Lamin Yamal ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» bundan avvalgi ikkita uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan edi. Xans-Diter Flik shogirdlari Chempionlar ligasida «PSJ»ga (2:4), La Ligada esa «Real»ga (1:2) imkoniyatni boy bergan.













