Italiya A Seriyasining 10-turida «Milan» o‘z maydonida «Inter»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar uchrashuvni shiddatli boshlab, 4-daqiqada Kristian Pulishichning goli bilan oldinga chiqdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Adriyen Rabyo ustunlikni oshirdi. Har ikkala golga Diyegu Moreyra assistentlik qildi.
22-daqiqada Alessandro Bastoni «Inter»ning javob golini kiritdi. Biroq 43-daqiqada Moreyra jarima zarbasidan to‘p kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, Moreyra derbini bitta gol va ikkita assist bilan yakunladi.
G‘alabadan so‘ng «Milan» 21 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Inter» esa 25 ochko bilan 2-pog‘onada qoldi.













