«Manchester Yunayted» rahbariyati qoniqarsiz natijalarga qaramay, bosh murabbiy Maykl Kerrikni hozircha iste’foga chiqarmoqchi emas.
Mankunianliklar so‘nggi 9 ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi — 6 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang. Jamoa APLning 9-turida «Chelsi»ga ham 0:2 hisobida yutqazdi.
talkSPORT jurnalisti Aleks Krukning xabar berishicha, Kerrik 3 noyabr kuni Chempionlar ligasida «Roma»ga qarshi o‘yinda ham jamoani boshqaradi.
Klub rahbariyati terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusgacha murabbiyni almashtirishi kutilmayapti. Ayrim rahbarlar Kerrik vaziyatni o‘nglay olishiga hali ham ishonmoqda.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» 7 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.













